O‘zbekiston va YeOII

Aripov "Innoprom. Belarus" ko‘rgazmasi yalpi sessiyasida ishtirok etadi

Minskdagi xalqaro "Innoprom. Belarus" ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etildi. Ko‘rgazma sessiyasida mamlakat Bosh vaziri ham ishtirok etadi
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Bugun Belarus poytaxtida "Innoprom. Belarus" ko‘rgazmasi boshlanadi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar bermoqda.
Tadbir Minskdagi "Belexpo" xalqaro ko‘rgazma markazi hududida tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning milliy stendlari namoyish etiladi.
Ishtirokchi yirik Rossiya kompaniyalari orasida “Rosatom”, “Rostex” va Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi bor. Shu bilan birga, NAMI davlat ilmiy markazi stendida vodorod yoqilg‘i elementlarida ishlaydigan “Aurus” avtomobili namoyish etiladi.
Shuningdek, bugun ko‘rgazmaning yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu kuni Minskda MDH mamlakatlari Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi. 30-sentabr kuni Belarus poytaxtida Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Aripov MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi