Orban Zelenskiyni Vengriyani ta’qib qilishni bas qilishga chaqirdi

Ilgari Zelenskiy Vengriya Ukraina havo maydonini buzgani haqida ma’lum qilgandi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Vladimir Zelenskiyni uning Vengriya dronlari to‘g‘risidagi bayonotlariga javoban Budapeshtni ta’qib qilishni bas qilishga chaqirdi.

“Vengriya NATO va YeI a’zosidir. Bu ikki tashkilot qo‘llovisiz Ukraina allaqachon parchalanib ketgan bo‘lardi. Prezident Zelenskiy, bo‘lgan hurmatimga qaramay, bizni ta’qib qilishni bas qiling”, - deya yozdi Orban o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

26 sentabr kuni Zelenskiy Vengriya Ukraina havo maydonini buzgani haqida ma’lum qilgandi. Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto bu bayonotga javoban “Zelenskiy Vengriya qarshi kayfiyatdan aqldan ozganini” aytdi.
Kiyev va Budapesht munosabatlari tarangligicha qolmoqda. Vengriya hukumati Ukrainaning shoshma-shosharlik bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan, chunki bu Yevropa iqtisodiyotini barbod qiladi va Rossiya bilan bevosita qurolli to‘qnashuvga olib keladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Orban: Rossiya Ukraina mojarosida g‘alaba qozonganini G‘arb tan olishi kerak