TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan Kiyevga uzoq masofali “Tomagavk” qanotli raketalarini yetkazib berishni so‘radi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Zelenskiy bu haqda BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi yopiq uchrashuvda so‘ragan va ushbu qurollar yordamida Rossiya poytaxtiga zarba berib, Putinni yechimsiz vaziyatga solib qo‘yish niyatida ekanini aytgan.
Axios nashriga ko‘ra, Tramp Zelenskiyning ushbu murojaatiga rad javobini bergan. Tomogavk raketasi Tramp NATOga Ukrainaga berish uchun sotishni istamagan yagona tizim bo‘lib chiqqan.
“Tomagavk” — sovuq urush davrida ishlab chiqilgan uzoq masofali qanotli raketa bo‘lib u 1600 kmgacha zarba bera oladi. Ayrim modifikatsiyalarda 2500 kmgacha. Raketa tezligi — taxminan 880 km/soat, bomba og‘irligi — taxminan 450 kg. Uning past trayektoriyadan uchish va radarlarda ko‘rinmaslik xususiyati bor.
Bir yil muqaddam Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning uzoq masofali qurollarini Rossiyaga chuqur zarbalar berishda qo‘llash “NATO davlatlari, AQSh va Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi urushayotganini bildiradi”, deb aytgan edi.
2024 yilning noyabrida u Dneprdagi harbiy-sanoat majmuasiga qarshi Rossiyaning eng so‘nggi o‘rta masofali ballistik raketasi – yadrosiz gipertovushli kallakka ega "Oreshnik"dan foydalanishni e’lon qildi. Putin o‘shanda "Oreshnik" zarbasi Amerika va Britaniyaning uzoq masofali raketalari – ATASMS va “Storm Shadow”ning Bransk va Kursk viloyatlaridagi harbiy obyektlarga qilingan hujumlariga javob ekanligini aytgan edi.