TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston harbiylari Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada uchinchi marotaba mutlaq g‘olib bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
V Koree proshli Mejdunarodnie sorevnovaniya po nauchno-boyevoy podgotovke.
© Press-slujba Ministerstva oboroni Uzbekistana
Xabarda aytilishia ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston harbiylari ikkita rekord natija qayd etishgan:
shartli dushmanning zaxira va asosiy qo‘mondonlik punktini qo‘lga olishda 21 daqiqa sarflab rekord natija qayd etishdi (oldingi natija 33 daqiqa),
mudofaada turib shartli dushmanni yakson etishga 25 daqiqa sarflashdi (oldingi natija 29 daqiqa).
Shuningdek, shartli dushmanni yakson etish shartida III darajali serjant Bekzod Nodirov eng yuqori natijani qayd etib, musobaqaning “Eng yaxshi o‘qchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.
V Koree proshli Mejdunarodnie sorevnovaniya po nauchno-boyevoy podgotovke.
© Press-slujba Ministerstva oboroni Uzbekistana
Janubiy Koreyaning Kongvando provinsiyasida 21–26 sentabr kunlari Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya, O‘zbekiston, AQSh, Yangi Zelandiya, Kambodja davlatlari hamda NATO qo‘shma guruhidan jami 16 ta jamoa va 500 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Musobaqa shartlariga ko‘ra, jamoalar turli jangovar simulyatsiyalar hamda
ilmiylashtirilgan mashg‘ulot dasturlaridan foydalangan holda tog‘oldi, o‘rmon va shahar sharoitida 12 bosqichdagi shartli janglarni olib borishgan.