TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Falastin BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun ariza bergan, biroq hozircha javob olmagan, deb ma’lum qildi Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdulhafiz Nofal RIA Novostiga.
"Biz ariza berdik, biroq, bilasiz, Falastinning muayan shart-sharoitlar bor. O‘ylaymanki, shart-sharoitlar to‘laqonli a’zo bo‘lish imkonini berguncha, Falastin birlashmada mehmon sifatida ishtirok etadi. Biz haligacha javob olmadik", - dedi elchi tegishli savolga javob berar ekan.
BRIKS tashkiloti (inglizcha Brazil, Russia, India, China va South Africa nomlarining qisqartmasi) 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, JAR unda 2011-yildan to‘laqonli a’zo sifatida ishtirok etmoqda. 2024-yilda BRIKS tarkibi Misr, Efiopiya, Eron va BAA hisobidan kengaydi, 2025-yildan esa unga Indoneziya qo‘shildi
Shu bilan birga, 2024-yildan BRIKS doirasida yangi — “hamkor davlatlar” maqomi joriy etildi. Unga Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Turkiya, Uganda va O‘zbekiston kiradi.