Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Bombapanohgoh yordam bermaydi": Medvedev Zelenskiyni ogohlantirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Zelenskiyning Kreml rasmiylari bombapanohgoh qayerda joylashganini bilishi kerakligi haqidagi so‘zlariga javob qaytardi.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Rossiya shunday qurolni qo‘llashi mumkinki, undan bombapanohgoh qutqara olmaydi, buni yodda tutmoq darkor. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Vladimir Zelenskiyning tahdidlariga javoban ma’lum qildi.

“Kiyev bangisi dediki, u Amerikaning uzoq masofali qurolini qo‘llaganda yashirinish uchun Kreml bombapanohgoh qayerda joylashganini bilishi shart. Badbashara boshqa narsani bilishi darkor: Rossiya shunday qurolni qo‘llashi mumkinki, undan bombapanohgoh yordam bera olmaydi. Amerikaliklar ham buni yodda tutishi kerak”, - deya yozdi Medvedev o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

AvvalroqZelenskiy Rossiya rasmiylariga nisbatan tahdid qilib, bombapanohgoh qayerda joylashganini bilishlarini tavsiya qilgandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
NATOga dronlarni urib tushirishga ruxsat berish Rossiya bilan urushni anglatadi – Medvedev