TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan "Kredit burolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida"gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi hujjatga ko‘ra, nizomda kredit burolarida maxsus axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, har bir buro axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va uni Markaziy bank bilan kelishib olish majburiyatini olishi ta’kidlangan.
Bundan tashqari, kredit burolarining faoliyatida xavfsizlik darajasini baholovchi reyting axborot tizimi Markaziy bank tomonidan yuritiladi.
Ma’lumotlarning ruxsatsiz uzatilishi va tarqalishini oldini olish maqsadida esa kredit burolarida majburiy tartibda DLP (Data Loss Prevention) tizimi joriy etilishi ham belgilandi.