O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda transport yuklarini nazorat qilish jarayonlari isloh qilinmoqda

Ittifoq qaroriga ko‘ra, uch bosqichga bo‘lingan tarzda joriy qilingan ayni tartib yuk turlari hamda transport yo‘llarining toifalarini inobatga olgan holda xavfsiz bojxona tartib-tamoyillarini ta’minlab beradi.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) transport yuklarini nazorat qilish uchun navigatsion plombalar joriy qilinadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yangi tizim uch bosqichga bo‘lingan tarzda joriy qilinadi va ularda yuk turlari hamda transport yo‘llarining toifalari hisobga olinadi. Dastlabki bosqichga 2026-yilning 11-fevralidan o‘tiladi va quyidagi holatlarda mahsulotlar navigatsion plombalar kuzatuvi ostiga olinadi:
sanksiyalangan va ma’lum aksiz tovarlar (spirtli ichimlik, tamaki) avtomobil va temir yo‘llar orqali eksport yoki tranzit sifatida olib chiqilganda;
kiyim-kechak, oyoq kiyim, texnika kabi maxsus tovarlar avtomobil yo‘li orqali tranzit qilib tashilayotganida;
nikotin mahsulotlari va nikotin xomashosi kabi mahsulotlar eksport jarayonida navigatsion plombalar bilan kuzatiladi.
YeIK bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidovning ta’kidlashicha, kelishuv tovar toifalari va qo‘llaniladigan transport turlarini inobatga olgan holda kuzatuv tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutadi. Uning uch bosqicha bo‘lingan amalga oshirilish rejasining umumiy muddati 1,5 yilni tashkil etadi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda bojxona jarayonlari soddalashtirilmoqda