TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Xitoydan O‘zbekiston uchun 100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya yo‘lga chiqdi. Ular Qozog‘iston orqali yetkazib beriladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur partiya — doirasida jami 200 ta elektrobus va quvvatlash uskunalari xarid qilinishi ko‘zda tutilgan. Barcha elektrobuslarni sentabr oyi oxirigacha to‘liq yetkazib beriladi.
Bu “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida Toshkent shahar jamoat transportini rivojlantirish va yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan yirik loyihaning bir qismidir.
Mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazilgan eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoyning Yutong BUS Co., Ltd. kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Shartnoma asosida elektrobuslar va quvvatlash uskunalari bosqichma-bosqich yetkazib beriladi. Loyiha Xitoyning Eximbank hamda O‘zbekistonning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.