TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan strategik barqarorlikni muhokama qildi va Rossiya Strategik hujumkor qurollar to‘g‘risidagi shartnoma (DSNV) bo‘yicha cheklovlarga shartnoma muddati tugagandan keyin ham bir yil ichida amal qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Asosiy bayonotlar
Rossiya 2026-yil 5-fevraldan keyin bir yil ichida Strategik hujumkor qurollar to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq cheklovlarga amalga qilishga tayyor.
Shartnomaga muvofiq cheklovlarga amal qilish qadamlari natija keltiradi, agar AQSh ham o‘zaro ijobiy javob bersa.
Bu shartnoma merosidan to‘liq voz kechish xato bo‘lgan bo‘lardi.
Rossiya har qanday tahdidlarga javob qaytarishga tayyor va o‘zining milliy tiyib turish kuchlari ishonchliliga amin.
Masalalarni hamisha siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilish afzalroq.
Dunyoda strategik barqarorlik tanazzulga yuz tutishda davom etmoqda.
Mudofaa qobiliyatini mustahkamlash rejalari dunyodagi vaziyatni hisobga olgan holda quriladi, to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.
Rossiya-Amerika munosabatlari tizimi qurollarni nazorat qilish sohasida barbod bo‘lgandi.
G‘arbning vayronkor harakatlari natijasida davlatlar o‘rtasida yadroviy qurol bilan muloqot qilish asoslari sezilarli darajada buzildi.
Rossiya qurollarni nazorat qilish tizimini demontaj qilish xavfini doimiy ravishda ta’kidlagan.
Rossiyaning strategik xavfsizlik sohasidagi g‘oyalari aniq javob olmadi.
Rossiya qurollanish poygasini boshlashdan manfaatdor emas.
Avgustda Putin ikkita tezkor yig‘ilish o‘tkazdi – 8 va 29-avgust kunlari. Birinchisida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq mintaqaviy siyosat masalalari ikkinchisida MDH mamlakatlari bilan ishlash muhokama qilindi.