Sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi Xorvatiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida 1 oltin, 1 kumush va 3 bronza bilan jami 5 medal qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan Xalmaxanov hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik Chung Xan-Jayeni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

"Bu so‘nggi 24-yil ichida yunon-rum kurashi bo‘yicha dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik atletlarning qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga erishdi.
Oltin medal: -63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)
Kumush medal: -60 kg: Alisher G‘aniyev (yunon-rum kurashi)
Bronza medal: -57 kg: G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash)
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)
Yunon-rum kurashi chempionatining uchinchi kuni O‘zbekiston uchun qanday natijalar olib keldi?