Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk viloyatidagi Kalinovskoyeni ozod qildi

Qishloq “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining hujumkor harakatlari natijasida ozod qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Kalinovskoe qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushmanning mudofaasi ichkarisiga kirdi va Dnepropetrovsk viloyatidagi Kalinovskoe aholi punktini ozod qildi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya harbiylari Ukraina armiyasining Dnepropetrovsk viloyatidagi Gavrilovka va Orestopol va Zaporojye viloyatidagi Chervonniy hududlaridagi bo‘linmalariga zarba berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, frontning bu qismida Ukraina Qurolli kuchlari 295 nafarga harbiysi, uchta jangovar zihrli mashinasi, 14 avtomobili, 3 ta dala artilleriyasi quroli va 2 ta radio elektron kurash stansiyasidan mahrum bo‘lgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina mudofaa sanoatiga keng qamrovli zarba berdi