TOShKENT, 21 sen – Sputnik. 2025-yilgi yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar ikkita medalga ega bo‘lishdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher G‘aniyev finalgacha yetib borgan va hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Aydos Sultangaliga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Sbornaya Uzbekistana zavoyevala yeshe 2 medali na chempionate mira po sportivnoy borbe v Xorvatii
© telegram sputnikuzbekistan
/ Yana bir kurashchi — 72 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Abdullo Aliyev bronza medal uchun kechgan bahsda koreyalik raqibi Yongxun Nox ustidan g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, Zagrebda o‘tayotgan nufuzli jahon birinchiligining uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana ikkita medal qo‘shildi. Musobaqaning keyingi bosqichlarida ham o‘zbekistonlik kurashchilar final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishda davom etmoqda.