Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukraina mudofaa sanoatiga keng qamrovli zarba berdi

Nishonga olingan dushman obyektlarining barchasi yakson qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina mudofaa-sanoati korxonalariga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hujum yuqori aniqlikdagi raketalar va jangovar dronlar orqali amalga oshirilgan.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, hujumda “Sapsan” operativ-taktik komplekslarini ishlab chiqayotgan korxonalar, ko‘p maqsadli jangchi va razvedka dronlarini ishlab chiqarish joylari, robotlashtirilgan jangovar texnika, dron-interseptorlar va barajir obyektlar zararlangan. Nishonga olingan dushman obyektlarining barchasi yakson qilingan.

Bundan tashqari, “Sharq” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari dushmanning mudofaasini yorib o‘tib, Dnepropetrovsk viloyatidagi Berezovoe aholi punktini ozod etgani ham ma’lum bo‘ldi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zaporojyeda Ukraina bo‘linmalarining ta’minoti to‘sib qo‘yildi