Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojyeda Ukraina bo‘linmalarining ta’minoti to‘sib qo‘yildi

Ukraina Bosh Razvedka boshqarmasi bo‘linmalari qurol-aslaha va suvsiz qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya havo-desant qo‘shinlari Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi brigadasining moddiy-texnik ta’minotini to‘sib qo‘ydi, dedi chaqiruv belgisi “Viking” bo‘lgan alohida maxsus kuchlar bo‘linmasi qo‘mondoni RIA Novostiga.
"Biz ularning ta’minotini butunlay to‘sib qo‘ydik. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina razvedka boshqarmasining 128-alohida hujum brigadasi joylashgan nuqtalar, joylar va hududlar to‘liq izolyatsiya qilingan. Endi hammasini vaqt hal qiladi”, - dedi “Viking”.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Zaporojye fron chizig‘i bo‘ylab joylashgan Ukraina Bosh Razvedka boshqarmasi bo‘linmalari pozitsiyalariga ikki hafta to‘rt-beshta mashina qurol-aslaha bilan kelgan bo‘lsa. Hozir ularni har uch kunda faqat bitta mashina ta’minlamoqda, deya aniqlik kiritdi harbiy xizmatchi.