TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasida (EIK) bojxona deklaratsiyalarini tartibga solish va elektron ma’lumot almashishni takomillashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda deklaratsiyalarda tovarlar haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuborish va ularni o‘zgartirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qilindi.
Yig‘ilish natijalari:
Deklaratsiyani o‘zgartirish tartibini kengaytirish: Qozog‘istonning taklifiga binoan, tovar deklaratsiyasida o‘zgartirish kiritish imkoniyatlari ko‘paytirildi. Endilikda QQS to‘lovini kredit usuli bilan amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Elektron imzolar tartibini tizimlashtirish: Deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzolar belgilanishi tartibini standartlashtirish masalalari, xususan ATA karneti bo‘yicha harakat qilayotgan tovarlarga nisbatan yagona tizim joriy etish muhokama qilindi.
Konteyner ma’lumotlaridan foydalanish: Rossiya Federatsiyasining tashabbusi bilan deklaratsiyalarda konteynerlar haqidagi kodlangan ma’lumotlardan kengroq foydalanish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
YeIKning bojxona ittifoqi doirasidagi deklaratsiyalarni rasmiylashtirish tartibi 2010-yil 20-maydagi № 257-sonli qarori bilan, deklaratsiya ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish, tranzit deklaratsiyasi va transport vositasi deklaratsiyasini rasmiylashtirish tartibi 2024-yil 17-dekabrdagi № 141-sonli qarori bilan, deklaratsiyaga ma’lumot qo‘shish (o‘zgartirish) tartibi esa 2013-yil 10-dekabrdagi № 289-sonli qarori bilan belgilangan.