Rishton tumanida II Xalqaro Kulolchilik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 60 dan ziyod mahalliy va xorijiy ustalar o‘z mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan qatnashmoqda.
Festivaldan maqsad mamlakat turizm salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashdir.