TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Moskvada “SputnikPro na Zubovskom" loyihasining uchinchi mavsumi yakunlandi.
15-19 sentabr kunlari “Rossiya Segodnya” media-guruhi ofisida MDH davlatlaridan kelgan jurnalistlar, bloggerlar, SMM va PR mutaxassislari uchun dasturning yakuniy moduli bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar 13 ta mahorat darslari va yetakchi agentlik xodimlarining zamonaviy ommaviy axborot vositalarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalarida qatnashdilar.
Telegram kanallarini yaratish bo‘yicha dasturning birqismi sifatida ishtirokchilar darhol o‘zlarining yangi ko‘nikma va bilimlarini amalda qo‘llashadi. Turli mamlakatlardagi hamkasblar manfaatlarini hisobga olish va hamkorlik qilish zarurati bu ishning hayajonini oshirdi.
Ishtirokchilar kanal uchun konsepsiya va mavzuni o‘ylab topishlari, turli formatdagi postlarni chop etishlari, turli reklama usullaridan maksimal darajada foydalanishlari va besh kun ichida obunachilar sonini maksimal darajaga oshirishlari kerak edi.
Treningning yakuniy kunida kanal taqdimoti va Sputnik ekspertlari tomonidan batafsil professional amaliy tadqiqotlar o‘tkazildi.
Modulning ko‘plab ishtirokchilari uchun ushbu loyiha ishi bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan media rollaridan biri – Telegram kanalini tahrirlashda o‘zini sinab ko‘rish uchun birinchi imkoniyat bo‘ldi.
Sentabr oyi dasturida Abxaziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston jurnalistlari ishtirok etdi.
Moskvadagi mahorat darslari ishtirokchilari yangi bilim va ko‘nikmalardan tashqari professional va do‘stona jamoa a’zosiga aylanishdi.
"Moskva va “SputnikPro na Zubovskom” bizni birlashtirdi va bizni do‘stlashtirdi", deb ta’kidlaydi ishtirokchilar har bir dastur moduli oxirida va bu yerda olingan bilimlar professional o‘sish uchun yangi turtki beradi.
Uch yil davomida Moskvadagi “SputnikPro na Zubovskom” dasturining 12 moduli bo‘lib o‘tdi. Ular 11 qo‘shni davlatdan 144 nafar jurnalistga agentlik faoliyati bilan tanishish va kasbiy mahoratini oshirish imkonini berdi.