TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya, Xitoy, Pokiston va Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashining Tehronga qarshi sanksiyalarni tiklash bo‘yicha yig‘ilishida Eronga nisbatan ilgari qabul qilingan sanksiyalarining bekor qilinishini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi Rossiya TIV.
"19 sentabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida Rossiya Xitoy, Jazoir va Pokiston bilan birgalikda Eron Islom Respublikasiga nisbatan ilgari qabul qilingan sanksiya rezolyutsiyalarini bekor qilishni davom ettirish tarafdori ekanini qat’iy bildirdi", - deyiladi xabarda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Yevropaning ayrim davlatlari Eronga qarshi sanksiyalar rejimini bekor qilishga qarshi chiqqan.
"Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lmagan ayrim Yevropa davlatlari o‘zlarining nomaqbul pozitsiyalariga boshqalarni ham bo‘ysunishga majbur qilishga urinmoqda", — deyiladi hisobotda.
19 sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi Eronga qarshi sanksiyalarni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyani rad etdi. Bu 27-sentabrdan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan cheklovlarning qayta tiklanishiga olib keladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qayd etishiga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilgan "Sanksiyalarni amalga oshirishni olti oyga texnik kechiktirish" to‘g‘risidagi Rossiya-Xitoy rezolyutsiyasi — Eron va MAGATE o‘rtasida Qohirada 9-sentabr kuni erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish uchun real imkoniyat yaratadi.