TOShKENT, 19 sen — Sputnik. 2024 yilda 2010-yilga nisbatan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 32 marotabadan ortiq oshgan. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 2016-yilga nisbatan esa qariyb 9 barobar o‘sish kuzatilgan.
Yillar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:
— 2010-yilda – 8,2 trillion so‘m
— 2011-yilda – 9,5 trillion so‘m
— 2012-yilda – 11,7 trillion so‘m
— 2013-yilda – 15,2 trillion so‘m
— 2014-yilda – 20,1 trillion so‘m
— 2015-yilda – 25,4 trillion so‘m
— 2016-yilda – 29,4 trillion so‘m
— 2017-yilda – 34,7 trillion so‘m
— 2018-yilda – 51,1 trillion so‘m
— 2019-yilda – 71,2 trillion so‘m
— 2020-yilda – 88,1 trillion so‘m
— 2021-yilda – 107,5 trillion so‘m
— 2022-yilda – 130,8 trillion so‘m
— 2023-yilda – 202,8 trillion so‘m
— 2024-yilda – 263,7 trillion so‘m
— 2025-yilda (yanvar-iyul) – 162,9 trillion so‘m