Toshkentda Kasbiy ta’lim va o‘qitish kuni nishonlandi 

Hokimiyat: Dual ta’limning ahamiyati va uzluksiz bilim olishning dolzarbligi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tushuntirildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen –Sputnik. Toshkentdagi Moviy gumbazlar xiyobonida Kasbiy ta’lim va o‘qitish kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tadbir O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan.

“Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda kasbiy ta’limning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, dual ta’lim tizimini amaliyotda namoyish etish hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.

Tadbir davomida:
o‘quvchilar va ularning ota-onalariga kasbiy yo‘nalish bo‘yicha maslahatlar berilgan;
kasbiy o‘qish orqali muvaffaqiyatli karera qurish imkoniyatlari yoritilgan;
xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Shuningdek, ishtirokchilarning kasbiy ta’lim bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun turli o‘yin, viktorinalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Matbuot markazi
Rossiya oliygohlarida ta’lim olishga qiziqish nega ortib bormoqda – video