TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatlarida yuqori natijalar qayd etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchi hamda ularning murabbiylariga prezident sovg‘asi – BYD avtomobillari va bir martalik pul mukofotlari topshirildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Sovrinlarni o‘z egalariga topshirgan O‘zbekiston prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, sportchi va murabbiylarni qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida ham omad tiladilar.
Sportsmeni, dobivshiyesya visokix rezultatov na chempionatax mira, bili nagrajdeni
© Press-slujba NOK RUz
O‘z navbatida, taqdirlangan sportchi va murabbiylar nomidan so‘z olgan Ruslan Nurudinov, Abdumalik Xalokov, To‘lqin Qilichev, shuningdek, Javohir Ummataliyevning otasi Turobjon Ummataliyev prezidentiga minnatdorchilik bildirib, davlat tomonidan ko‘rsatilgan bunday yuksak e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.