Matbuot markazi

Rossiya oliygohlarida ta’lim olishga qiziqish nega ortib bormoqda – video

"Rossiya ta’limi. Toshkent – 2025" xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida Rossiya Federatsiyasining 22 ta mintaqasidan 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.
Sputnik
Sputnik multimedia matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya ta’lim kvotalari hamda o‘zbekistonlik abituriyentlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan sharoitlar xususida gapirdi.
U 19-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Rossiya ta’limi. Toshkent – 2025" xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida Rossiyaning 22 ta mintaqasidan 40 tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, federal universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu yilgi yarmarkada o‘zbekistonlik hamkorlar ham ishtirok etishini alohida ta’kidladi.

“Kvota kompaniyamiz 15-sentabrda boshlandi. O‘tgan yil kabi, O‘zbekiston uchun kvotalar soni 810 ta. Eng ko‘p qiziqish bildirilgan yo‘nalishlar tibbiyot, iqtisodiyot va huquqshunoslik sohalariga to‘g‘ri kelmoqda. Rossiyaning deyarli barcha hududlaridagi 400 tadan ortiq universitetlari yangi abituriyentlarni kutmoqda”, – dedi Staroselskaya.

Rossiya hukumati kvotalari bo‘yicha o‘qishning qanday afzalliklari borligi haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan Sputnik O‘zbekiston videosida tanishishingiz mumkin.
To‘liq videoni havola orqali tomosha qiling.