Yangiliklar Telegram-kanalini qanday yuritish kerak?

“Rossiya segodnya” mutaxassisi o‘zbekistonlik talabalar uchun mahorat darsi o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida (O‘zDJT) “2025 yilda yangiliklar Telegram-kanali. Mavzuni qanday tanlash, yuritish va yuzaga kelgan muammolarni hal qilish kerak” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.
SputnikPro loyihasi doirasidagi mahorat darsi 24-sentabr kuni soat 10:00 da O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi, №127 xonada bo‘lib o‘tadi. (Manzil: Toshkent sh., Lutfiy ko‘chasi, 8-uy).
Ma’ruzachi: “Rossiya segodnya” mediaguruhining yaqin xorij va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi Sputnik multimedia markazlari direksiyasi boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Aleksandr Samoxvalov.
Mutaxassis quyidagi haqida so‘zlab beradi:
Telegram-kanal kanal yaratish va obunachilarni ko‘paytirish;
mavzu tanlash;
2025 yilda Telegram ishi xususiyatlari;
yaxshi va yomon postlar mezonlari.
Talabalar ma’ruzachidan kasbiy maslahat va tavsiyalar olishadi.
Ishtirok etish uchun quyidagi aloqalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Telefon: +998971907178
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.
Sputnik Pro — bu Sputnik axborot agentligi tomonidan olib borilayotgan xalqaro media ta’lim loyihasi. Unda Agentlikning eng tajribali mutaxassislari va ekspertlari jurnalistlar, matbuot kotiblari, bloger va yuqori kurs talabalari uchun mahorat darslari, seminar va ma’ruzalar olib borishadi.