O‘n olti kishiga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

ID-kartalarni topshirish marosimi Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga binoan 16 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqarosi maqomi berildi. Bo‘lib o‘tgan ID-kartalarni topshirish marosimi haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
ID-kartalarni topshirish marosimi
“16 nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligini olish iltimoslari qanoatlantirildi. Ularning fuqaroligi bugundan boshlab rasman tasdiqlandi”, – deyiladi xabarda.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayevlar ishtirok etishgan hamda fuqarolar tegishli hujjatlarni ularning qo‘lidan tantanali ravishda olgan.