O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari iqtisodiy o‘sishining muhim omili nimada

Komissiya YeOII davlatlari bilan hamkorlikda Yevrosiyo hududida umumiy havo transporti xizmatlari bozorini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Umumiy havo transporti xizmatlari bozorini shakllantirish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari iqtisodiy o‘sishining muhim omili hisoblanadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi.
Bu xususida Kojoshev Moskvada o‘tkazilgan Network-2025 forumi – "YeOII barqaror aviatsiya transporti 2026-2035" xalqaro anjumanidagi nutqida aytib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, anjuman BMT Bosh Assambleyasining 2026-yil 1-yanvardan boshlanadigan 10-yillik davr uchun barqaror transport bo‘yicha tashabbusiga bag‘ishlangan.

"YeIK yagona transport makonini shakllantirishga, infratuzilma va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etishga, shuningdek, logistikani raqamlashtirish jarayoniga alohida e’tibor qaratmoqda. Komissiya YeOII davlatlari bilan hamkorlikda Yevrosiyo hududida umumiy havo transporti xizmatlari bozorini yaratish ustida ish olib bormoqda", – dedi Kojoshev.

Vazirning ta’kidlashicha, aviatsiya sohasini uzoq muddatli rivojlantirish kompleks yondashuvni va bir qator mintaqaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishni, shu jumladan Ittifoq mamlakatlarining fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchiligini uyg‘unlashtirishni talab etadi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda biznes va iste’molchilar uchun xavfsiz va shaffof muhit yaratilmoqda