TOShKENT, 17 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan parvozi arafasida aeroportda to‘plangan jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Ukrainalik muxbir uning hukumati qachon 17 ta Patroit tizimini undan qabul qilishi haqida so‘raganida Tramp Ukrainaning jiddiy muammosi borligini aytdi.
“Mamlakatingizning jiddiy muammosi bor. Bu hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak edi, bu urush boshlanmasligi kerak edi”, – dedi AQSh rahbari.
Bundan tashqari, u nizoga tez orada barham berishini, so‘nggi sakkiz oy ichida u 7 ta urushni bartaraf etganini ta’kidlagan.
Qayd etish joizki, avvalroq Kiyev Trampning 17 ta Patroit tizimini jo‘natish haqidagi taklifini aslida to‘lig‘icha tushunmaganini tan olgan edi.
Tizimlarning yetkazib berilishi haqida prezident joriy yilning iyul oyida OAV vakillariga ma’lum qilgan edi. O‘shanda jamoatchilik Tramp aynan nimani nazarda tutayotgani – batareyalar yoki ishga tushirish qurilmalari xususida so‘z borgani haqida aniq ma’lumot olmagan.