Toshkentda "Risola" hunarmandchilik uyi ochilishi arafasida — foto

Toshkentda yaqin kunlarda o‘z ishini boshlaydigan "Risola" hunarmandchilik uyi mehmonlarga milliy an’analar, badiiy meros va amaliyotda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
Sputnik
Toshkentda "Risola" hunarmandchilik uyining ochilishiga tayyorgarlik qizg‘in pallaga kirdi. Yangi majmua o‘z ichiga kulolchilik muzeyi, kashtachilik va gilam to‘qish ustaxonalarini, shuningdek, mamlakatda faoliyat yuritayotgan kulolchilik markazlari asarlari jamlangan maxsus galereyani qamrab oladi.
Muzey ekspozitsiyasida nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo va qator xorijiy davlatlarning noyob kulolchilik namunasi ham namoyish etilgan. Shu bilan birga, tashrif buyuruvchilar uchun badiiy hunarmandchilikning uch yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi.
Majmuada milliy taomlar ham e’tibordan chetda qolmagan – mehmonlar Buxoro an’anaviy "Oshi sofi" taomidan bahramand bo‘lishlari mumkin.
"Risola" hunarmandchilik uyi o‘zbek hunarmandchiligini yangi formatda namoyish etib, madaniy turizm va milliy merosni asrab-avaylashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
1 / 18
2 / 18
3 / 18
4 / 18
5 / 18
6 / 18
7 / 18
8 / 18
9 / 18
10 / 18
11 / 18
12 / 18
13 / 18
14 / 18
15 / 18
16 / 18
17 / 18
18 / 18