Investitsiyalar vazirligi Xitoyning aerokosmik kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi

Uchrashuvda boshqa masalalar qatorida Xitoy kompaniyasi bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida masofadan zondlash, ya’ni yer yuzasini kosmik apparatlar orqali kontaktsiz o‘rganish yo‘nalishi muhokama etildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning "Aerospace Long-March International Trade" kompaniyasi bosh direktori janob Xu Chjunmin bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar aerokosmik texnologiyalarning turli yo‘nalishlarida, xususan, sun’iy yo‘ldosh xizmatlari, aeronavigatsiya va telekommunikatsiya sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida masofadan zondlash texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ushbu tashrif va muzokaralar ikki mamlakatning strategik sherikchiligini yangi bosqichga olib chiqishi, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidladlashdi.
Arabistonning yetakchi kompaniyalari bilan yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqishga kelishildi