Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

YeI va NATO Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayonini barbod qilmoqchi - Lavrov

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar va Ukraina rejimi AQSh prezidenti Donald Trampni tinchlikparvar sa’y-harakatlaridan voz kechishga ko‘ndirishga urinishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Yevropa Ittifoqi (YeI) va NATO mamlakatlari yetakchilari Ukrainadagi vaziyatni tinch tartibga solish jarayonini barbod qilishga urinishmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

"Yevroittifoq va NATO Brusseli aynan shundan kelib chiqmoqda: ular (Yevropa yetakchilari – tahr.), albatta, tinchlik jarayonini barbod qilishmoqchi”, - dedi Rossiya TIV rahbari Ukraina mojarosiga bag‘ishlangan xorijiy elchilar uchun davra suhbatida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar va Ukraina rejimi AQSh prezidenti Donald Trampni tinchlikparvar sa’y-harakatlaridan voz kechishga, Rossiya bilan ziddiyatga qaytishga ko‘ndirishga urinishmoqda.
“Aslida ular “Bayden urushini” “Tramp urushiga” aylantirishga urinishmoqda. Aniq ravshanki, ko‘plab Yevropa yetakchilari, jumladan, Parij, Berlin, London i Brussel buni tashvishiga tushishgan”, - dedi u.
Rossiya TIV rahbari o‘z so‘zlarining dadili sifatida Yevropa Rossiya va AQSh prezidentlarining Alyaskadagi uchrashuviga juda salbiy munosabat bildirganini eslatdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zaxarova: G‘arb Zelenskiy qo‘llari bilan Ukrainada haqiqiy genotsidni amalga oshirmoqda