Isroil G‘azo shahriga keng ko‘lamli hujum boshladi

Hujumdan maqsad XAMASni G‘azodan siqib chiqarish va u yerda to‘liq Isroil nazorati o‘rnatish.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Isroil qo‘shinlari G‘azoga hujum boshladi, shahar kuchli bombardimon qilinmoqda.
Operatsiya dushanba kuni kechqurun boshlangan. Dastlab Isroil havo kuchlari shaharga zarba berdi, keyin tanklar kirib keldi. Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, atigi yigirma daqiqa ichida G‘azoga 37-marta, jumladan, vertolotlardan ham hujum qilingan. VAFA xabariga ko‘ra, 62 kishi halok bo‘lgan.
Mudofaa vaziri Isroil Kas XAMAS to‘liq mag‘lub bo‘lgunga qadar shaharda harakat qilishga va’da berdi.

Isroilda hamma buni yoqlamadi

Isroil shtab rahbari Eyal Zamir, Mossad razvedka xizmati, Bosh xavfsizlik xizmati va Harbiy razvedka rahbarlari Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga operatsiyadan tiyilishni tavsiya qildi. Ular hujum oqibatida isroillik garovga olinganlarning hayoti xavf ostiga qo‘yilishi mumkinligi va boshqa salbiy oqibatlar haqida ogohlantirishdi.
Amaliyot boshlanganidan so‘ng, garovga olinganlarning oilalari Netanyaxuning Quddusdagi qarorgohi oldida yaqinlari Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqib norozilik namoyishi o‘tkazdi.

G‘azo aholisini siqib chiqarish

21 avgust kuni Isroil bosh vaziri G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish va XAMASni mag‘lub etish rejalarini tasdiqladi. U "xavfsizlik perimetrini ta’minlash" uchun butun anklavni egallab olish va keyinchalik uni fuqarolik hukumati nazoratiga o‘tkazish niyatini bildirdi.
Bir qancha davlatlar, jumladan Misr va Qatar Isroilning rejalarini qoraladi. Avgust oyi o‘rtalarida ular 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish, so‘ngra mojaroga to‘liq chek qo‘yish taklifini taqdim etishdi.
Kelishuvda, shuningdek isroillik garovga olinganlarning yarmini falastinlik mahbuslarning bir qismi evaziga ozod qilishni ham ko‘zda tutardi. Xamas bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, Tel-Aviv esa javob bermadi.
So‘nggi oylarda Isroil G‘azo sektori blokadasini kuchaytirib, zarur oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu allaqachon aholi orasida ochilk qurbonlariga olib keldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bu hududda birinchi marta halokatli ocharchilik holatini e’lon qildi.
G‘azodagi ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 7-oktabrdan beri Isroil hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 64 mingdan oshdi, ular asosan tinch aholi vakillari.