O‘zbekiston boks bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi

Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ikki karra jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Joriy yilning 4-14 sentabr kunlari Liverpulda (Angliya) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dunyoning 68 ta mamlakatidan 540 nafar bokschi qatnashgan musobaqa o‘zbekistonlik bokschilar 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yuqori natijalarga erishdi. Oltin medal sohibi bo‘lgan sportchilar quyidagilar:
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-92 kg: To‘rabek Habibullayev
Shuningdek, ikki nafar bokschi kumush medalga sazovor bo‘ldi:
-65 kg: Navbahor Hamidova
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana uchta bronza medali ham qo‘shildi. Ularning sohibalari:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Boboqulova
-75 kg: Aziza Zokirova
Fazliddin Erkinboyev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi