Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatidagi Olgovskoe qishlog‘ini ozod qildi

Ukraina armiyasi “Sharq” guruhi mas’uliyatidagi hududda katta yo‘qotishlarga duch keldi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatidagi Olgovskoe qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari hujumkor harakatlar natijasida Zaporojye viloyatidagi Olgovskoe aholi punktini ozod qildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, rossiyalik jangchilar Dnepropetrovsk viloyatidagi Velikomixaylovka, Gavrilovka, Malomixaylovka, Novonikolayevka hamda Zaporojye viloyatidagi Novoivanovka hududidagi Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta brigadasiga zarba berdi.
Ukraina armiyasi “Sharq” guruhi mas’uliyatidagi hududda quyidagi yo‘qotishlarga duch keldi: 260 nafarga askar, ikkita tank, jangovar zirhli mashina, 10 ta avtomobil, ikkita radio elektron kurash stansiyasi, o‘q-dori ombori.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya QK Dnepropetrovsk viloyatidagi pozitsiyalarini yaxshilamoqda – Pushilin