TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Ukraina ustida uchishsiz hududni yaratish g‘oyasini amalga oshirish va NATO mamlakatlari uchun Rossiya dronlarini urib tushirish imkoniyati alyansning Rossiya bilan urushini anglatadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“Agar jiddiy bo‘lsa, Kiyev va boshqa ahmoqlarning Ukraina ustida uchishsiz hududni yaratish to‘g‘risidagi provokatsion g‘oyasini amalga oshirish va NATO mamlakatlari uchun bizning uchuvchisiz uchun qurilmalarimizni urib tushirish uchun imkoniyat faqat bir narsani anglatadi – NATOning Rossiya bilan urushi”, - deya yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Uning ta’kidlashicha, bu vaziyatda har bir narsani o‘zi nomi bilan atamoq darkor.
Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Ukraina ustida uchshsiz hududni yaratish masalasini ko‘rib chiqish zarurligini aytgandi.