Matbuot markazi

Anons: Rossiya oliygohlarida ta’lim olishga qiziqish nega ortib bormoqda

O‘zbekistonda Rossiya ta’limi va 2025-yilgi kvota kampaniyasining boshlanishi muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Toshkentdagi Rossotrudnichestva vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
“O‘zbekistonda Rossiya ta’limi: Toshkentdagi ko‘rgazma-yarmarka va 2025-yilgi kvota kampaniyasining boshlanishi” mavzusidagi anjuman 17-sentabr soat 11:00 da (mahalliy vaqt) boshlanadi.
Matbuot anjumanida quyidagilar muhokama qilinadi:
”Rossiya ta’limi. Toshkent – 2025” ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida qanday tadbirlar o‘tkaziladi;
Rossiya universitetlarida o‘qishga qiziqish nima uchun ortib bormoqda;
kvota bo‘yicha o‘qishga kirgan talabalar qanday imtiyozlarga ega bo‘lishadi;
tanlov jarayonida qanday yangiliklar bo‘ldi.
Anjumanga jurnalistlar taklif etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat:
+998971907178
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.