TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyatidagi o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.
“Bu hafta qator aholi punktlarini ozod qilinganini ko‘rdik, biz harbiylarimiz Dnepropetrovsk yo‘nalishida joylashib olayotganini ko‘rdik”, - dedi u VGTRK muxbiriga bergan intrevyusida.
Kuni kecha Rossiya Mudofaa vazirligi Dnepropetrovsk viloyatidagi Novonikolayevka qishlog‘i ozod qilingani ma’lum qilgan edi.