Putin Medvedevni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi

Medvedev Rossiya davlatchiligini mustahkamlash va Rossiya Federatsiyasi milliy xavfsizligini ta’minlashda qo‘shgan katta hissasi uchun mukofotlangan.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevni IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Tegishli farmon rasmiy hujjatlar portalida e’lon qilingan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Dmitriy Medvedev Rossiya davlatchiligini mustahkamlash va Rossiya Federatsiyasi milliy xavfsizligini ta’minlashda qo‘shgan katta hissasi uchun mukofotlangan.
Medvedev ilgari bu ordenning birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalari bilan taqdirlangan edi. Shu tariqa, u “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordenining to‘liq kavaleri bo‘ldi.
14 sentabr kuni Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari 60 yoshini nishonlamoqda.
Medvedev: Trampning keskin so‘zlari Rossiyaning haqligini tasdiqlaydi