O‘zbekistonning ilk ayol haykaltaroshi Gulsara Rajapova hikoyasi - video

Gulsara opa asosan bustlarni yasaydi. Hatto qirolicha Yelizaveta II ham uning ishidan qoyil qolgan.
Sputnik
Gulsara Rajapova - O‘zbekistonning ilk ayol haykaltaroshi. U katta oilada o‘sgan, onasi opa-singillari bilan birgalikda yana o‘nta yetim bolani tarbiyalagan. O‘shanda ham qizaloq qalamni qo‘lidan qo‘ymas edi.
“Onam hatto qo‘llarimga urib derdi: “Nima qilyapsan? Bu maktab daftari-ku!” Chamasi, men rassom bo‘lishim kerak edi", - deb eslaydi Rajapova.
Uni yotib ishlagan haykaltarosh tog‘asi ilhomlantirgan, kichkina Gulsara unga hamma ishda yordam berar edi. Aynan shu tog‘asi jiyani haykaltaroshlikni tanlashi kerakligini istagan.
“Men derdim: bu erkaklar ishiku, men sizga qanday yordam beraman?” U esa derdi: “Yo‘q, sen haykaltarosh bo‘lasan”. Shunday qilib bo‘ldim. Guruhimizda yetti kishi edik va bitta men qiz bola edim”, - deydi u.
Bugun uning bustlarini hatto Londonda ham tanishadi — Yelizaveta II ning portreti Rajapovaga qirolichaning shaxsan o‘zidan minnatdorchilik keltirdi. Ammo u hayotidagi eng muhim ishi deb, 26-yil davomida yuzlab bolalar ta’lim olishgan, rivojlanishida alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan ijodiy markazni hisoblaydi.
U Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida kasb tanlashi, portretlarga bo‘lgan muhabbati va bolalar ijodiy markazini yaratgani haqida so‘zlab berdi