Rossiyaning ko‘p millatliligi bu bebaho ne’mat — Putin

Jamiyat o‘zining boshqalardan ustunligiga ishonsa ma’naviy-intellektual inqiroz davri boshlanadi — Putin.
Sputnik
TOShKENT, 13-sentabr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan XI Xalqaro Birlashgan madaniyatlar forumida davlatlarni o‘zar hurmat va hamkorlikka chaqirdi.
“Biz ochiqlik va bir-birimizni hurmat qilishga intilishimiz, yangi narsalarni o‘rganishga tayyor bo‘lishimiz, jahon madaniy makonining mustahkamlanishi va rivojlanishiga, demak, xalqlarimizning munosib, tinch-totuv, farovon kelajagi yo‘lida hissa qo‘shishimiz kerak”, — dedi u.
Rossiya prezidenti, milliy madaniyatni faqat boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro aloqada rivojlanishi mumkinligini, Rossiyaning ko‘p millatliligi bebaho ne’mat ekanligini, u rus madaniyatining boyligini belgilab berganini ta’kidladi.
“Mamlakatimiz dastlab ko‘pmillatli davlat sifatida shakllangan va aynan mana shu bebaho ne’mat uning noyob madaniy palitrasi hamda san’ati, ilm-fan va adabiyotida chinakam buyuk davlat maqomini belgilab berdi”, — dedi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, jamiyat o‘zining istisnoligiga ishonsa, ma’naviy inqiroz va turg‘unlikni boshdan kechiradi.
“Jamiyat o‘z-o‘zidan yopilib, ko‘r-ko‘rona va dogmatik tarzda o‘zining mustasnoligi va boshqalardan ustunligiga ishonsa, ma’naviy-intellektual inqiroz davri boshlanadi, undan so‘ng madaniyatning tanazzulga uchrashi, hayotning barcha jabhalarida turg‘unlik boshlanadi”, — deya ogohlantirdi u.
Prezident, shuningdek, texnologiya va sun’iy intellektning jadal rivojlanishi sharoitida erkinlik va inson huquqlari qadriyatlari qadrsizlanishi, milliy xususiyatlarning yo‘qolishining oldini olishga chaqirdi.
Rossiya prezidenti Rossiya turli mamlakatlar yozuvchilarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, madaniyat arboblarining qoliplar va tarafkashlikdan xoli muloqoti mamlakatlar hamkorligi va birgalikdagi ishlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
“Ishonchim komilki, stereotiplar va tarafkashlikdan xoli sizning professional muloqotingiz davlatlar va xalqlarning hamkorligi va qo‘shma ishlarini kengaytirishga hissa qo‘shadi”, — dedi Putin Forum ishtirokchilariga murojaat qilib.
Prezidentimiz ularga samarali mehnat tiladi.
Sankt-Peterburg xalqaro Birlashgan madaniyatlar forumi 10-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Forum global madaniy-gumanitar kun tartibining eng muhim masalalari bo‘yicha muloqot maydoni. Bu yilgi forum mavzusi “Madaniyatga qaytish – yangi imkoniyatlar.”