TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya hukumati rossiyalik turoperatorlar imtiyozli shartlarda moliyaviy kafolat olish orqali sayyohlik turlarni shakllantirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Farmoyishga ilova qilingan ro‘yxatga Abxaziya, Belarus va Janubiy Osetiya kiritilgan.
Rossiya turindustriyasi uyushmasi (RST) vitse-prezidenti Yuriy Barzikinning fikricha, hukumat tasdiqlagan mamlakatlar ro‘yxatining aynan shu tarkibi oldindan kutilgan edi.
"Rossiyalik turistlar oqimining asosiy qismi Belorussiya va Abxaziyaga to‘g‘ri keladi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusga 5 milliondan ortiq, Abxaziyaga 1,5 million kishi tashrif buyuradi. Hozircha ro‘yxatda uch davlat bor, biroq u kengayadi, vaqt o‘tishi bilan unga O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi davlatlar ham kirishi mumkin, deb o‘ylaymiz”, — deb ta’kidladi Barzikin. Uning so‘zlaridan "Interfaks" iqtibos keltirgan.
Ro‘yxatga kirgan davlatlar uchun asosiy quyidagi afzalliklari bor: Rossiyadan turistlar oqimi oshadi- imtiyozlar sabab ko‘proq rossiyalik operatorlar bozorga kirib kelib, o‘zaro raqobatni kuchaytiradi, natijada yo‘nalishlar tanlovi kengayadi va bu turistlar uchun narxlar pasayishiga olib kelishi mumkin.