TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Toshkent davlat texnika universiteti tadqiqotchilari N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida qisqa muddatli stajirovka o‘tashmoqda. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, hamkorlik doirasida "Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" kafedrasi dotsentlari N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida ilmiy laboratoriyalarda bajarilayotgan ishlanmalar bilan tanishmoqda.
Bundan tashqari, o‘quv jarayonlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda.
Bu o‘z o‘rnida ikki bilim yurtining akadem-hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlanishga xizmat qilayotgani ham ta’kidlangan.
Eslatamiz, tez orada Toshkentda M.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochiladi.