O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga milliy pasport bilan kirishi mumkin bo‘lishi kutilyapti

Ma’lum qilinishicha, hozir tomonlar ayrim jihatlar bo‘yicha kelishuv ishlari olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya fuqarolariga ichki pasportdan foydalangan holda mamlakatga kirishga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
“Bu masala bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va zaruriy ichki davlat tartib-taomillari o‘tkazilmoqda. Hozirda tomonlar ayrim jihatlar bo‘yicha kelishuv ishlari olib bormoqda. Shu bois buni amalga oshirishning aniq muddatlari haqida gapirishga hali erta”, - deya ma’lum qilgan O‘zbekiston TIV matbuot xizmati “Izvestiya” nashriga.
2025 yil may oyida O‘zbekiston Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolarining 30 kungacha bo‘lgan muddatga ichki hujjat yoki ID-karta orqali mamlakatga kirishiga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi. Bunday topshiriq prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 15-mayda imzolagan mamlakatga sayyohlar oqimini keskin oshirish to‘g‘risidagi farmonida belgilangan.
Joriy yilning yetti oyi davomida O‘zbekistonga 536,8 ming rossiyalik kelgan. Yanvar-avgust oyida Rossiyaga 1,8 mln o‘zbekistonlik borgan.