O‘zbekistonda dinlararo hamjihatlik va vijdon erkinligiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tmoqda

Maqsad – dinlararo muloqot va bag‘rikenglikni mustahkamlash, vijdon erkinligini ta’minlash, diniy kamsitishga qarshi kurash va konfessiyalararo ishonch va barqarorlikni saqlash.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Toshkentda “Deklaratsiyalar muloqoti” II xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. 15 ta mamlakatdan 50 nafarga yaqin ekspert, dinshunos va siyosatchilar, shuningdek, xalqaro tashkilot vakillari unda ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi.
Xabarda keltirilishicha, forum kun tartibidagi asosiy masalalar quyidagilar:
dinlararo muloqot va bag‘rikenglikni mustahkamlash;
vijdon erkinligini ta’minlash;
diniy kamsitishga qarshi kurash;
konfessiyalararo ishonch va barqarorlikni saqlash.

“O‘zbekiston asrlar davomida Buxoro, Samarqand va Xiva kabi o‘ziga xos sivilizatsion ilm-fan va madaniyat markazlari shakllangan. Xususan, u dunyoga mashhur allomalar – Imom Buxoriy, Ibn Sino va al-Xorazmiyning insoniyat tafakkurini rivojlantirish va jahon merosini boyitishdagi beqiyos hissasi bor. Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekiston rahbariyatining tinchlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini ilgari surish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, – deydi forum ishtirokchisi Shayx Abdulloh Baya.

Yig‘ilish yakunida dinlararo hamkorlik, diniy ozchiliklar huquqini himoya qilish, bag‘rikenglik va tinchlikni targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar jamlangani aytilmoqda.
Mazkur forumning seminar va sayyor tadbirlari esa 11-13 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkazilishi reja qilinmoqda.
Samarqandda MDH davlatlarida sun’iy intelektni rivojlantirish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tmoqda