Bo‘lajak pedagoglar uchun Abdulla Avloniy stipendiyasi ta’sis etildi

Abdulla Avloniy stipendiyasi 1 million 461 ming so‘mni tashkil etadi va bu oddiy stipendiyadan 839 ming 572 so‘mga ko‘pdir.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliygoh talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etildi.
Mazkur stipendiya pedagogika bo‘yicha ta’lim beradigan OTMlarning bakalavriat yo‘nalishidagi 3-4-bosqich talabalariga, 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son farmonida belgilangan talablar asosida tayinlanadi.
Abdulla Avloniy stipendiyasi 1 million 461 ming so‘mni tashkil etadi va bu oddiy stipendiyadan 839 ming 572 so‘mga ko‘pdir.
Ayni vaqtda ushbu stipendiyaga O‘zbekiston pedagogika yo‘nalishidagi mavjud 13 ta oliygohning 74 ming 480 nafar oxirgi ikki kurs talabalari nomzod bo‘lishlari mumkin.
Ko‘zlangan maqsad — pedagogika yo‘nalishidagi OTMlarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda akademik o‘zlashtirishda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etgan iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Yangi stipendiya, milliy g‘oya, tanlov: ta’lim tizimi qanday rivojlantiriladi