Tramp Rossiyani iqtisodiy jihatdan yakkalashda ma’no ko‘rmaydi – Vens

Ukraina masalasi barham topgandan so‘ng AQSh Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani iqtisodiy jihatdan yakkalashda hech qanday ma’no ko‘rmaydi. Bu haqda Amerika vitse-prezidenti Jey Vens o‘z intervyusida aytib o‘tdi.

“Prezident yevropaliklar bilan ham, Rossiya bilan ham iqtisodiy masalada juda samimiy bo‘lgan. U Rossiyani iqtisodiy jihatdan yakkalashda hech qanday sabab ko‘rmaydi”, – dedi Vens.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shtatlar Ukraina mojarosini ijobiy hal qilishni hamon ustuvor vazifa deb biladi. Ayniqsa, masala barham topganidan so‘ng AQSh prezidenti Rossiya bilan kelgusidagi istiqbolda iqtisodiy hamkorlikni ham yo‘lga qo‘yishi aytilmoqda.
Dushanba kuni Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muloqot qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. U aynan qaysi mavzuda suhbat qurishi haqida ma’lumotlarni ochiqlamagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp tez orada Putin bilan muloqot qilishini ma’lum qildi