Toshkentda “Leningrad monumenti” yodgorligi ochildi - foto

Poytaxt hokimi bu yodgorlikni tomosha qilgan har bir inson ota-bobolar xotirasini e’zozlashiga umid bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida “Leningrad monumenti” yodgorligi ochildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Uning tantanali ochilish marosimida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov, Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishdi. Tadbirga O‘zbekistonda yashayotgan Leningrad qamalida omon qolgan veteranlar ham taklif qilindi.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Aleksandr Beglov barcha leningradliklar va peterburgliklar nomidan ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
“G‘alabaning 80-yilligida ochilayotgan ushbu yodgorlik urush yillarida 5 mingga yaqin leningradliklarni qabul qilgan O‘zbekiston xalqining oliyhimmatligiga, bizning umumiy o‘tmishimiz va ota-bobolarimiz jasoratiga bag‘ishlangan” – dedi Sankt-Peterburg gubernatori.
Hokim Shavkat Umurzoqov ushbu yodgorlikni tomosha qilgan har bir inson ota-bobolar xotirasini e’zozlashiga umid bildirdi.
Ma’lumot uchun, Leninggradni himoya qilishda 7 mingga yaqin o‘zbekistonlik askarlar qurbon bo‘lgan. Sankt-Peterburgdagi Piskarev xotira qabristonida halok bo‘lgan o‘zbek askarlari sharafiga obelisk o‘rnatilgan.
Yodgorlik Sankt-Peterburgning “Vozrojdenie” kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan, uning atrofidagi tosh yotqizish ishlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan.
Beglov Toshkentda paydo bo‘ladigan “Leningrad monumenti”ga tamal toshi qo‘ydi - video