Eron prezidenti sanksiyalarga qarshi kurash bo‘yicha mexanizm yaratishni taklif qildi

Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, adolatli ko‘p qutbli dunyoga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash uchun dunyo iqtisodiy sanksiyalari kabi vositalardan voz kechishi shart.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon BRIKSga a’zo mamlakatlarga G‘arbning bir yoqlama sanksiyalari va ular oqibatlariga qarshi uchun kurashning umumiy mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bu haqda Eron prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“BRIKS o‘z a’zolarini noqonuniy sanksiyalardan himoya qilish uchun, mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishi va adolatsiz siyosiy bosimlarsiz rivojlanishi uchun qo‘llab-quvvatlashning qo‘shma mexanizmini ishlab chiqqan bo‘lardi”, - dedi Pezeshkiyon BRISKning onlayn sammitida so‘zlagan nutqida.
Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, adolatli ko‘p qutbli dunyoga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash uchun dunyo iqtisodiy sanksiyalari kabi vositalardan voz kechishi shart. BRIKS va ShHT bu jarayonda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Braziliya mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva tashabbusi bilan Amerika prezidenti Donald Trampning savdo siyosatini muhokama qilish uchun BRIKSning navbatdan tashqari onlayn sammitini o‘tkazdi. Sammitda Rossiya, Xitoy, Misr, Indoneziya, Eron, JAR yetakchilari, BAA valiahd shahzodasi, Hindiston tashqi ishlar vaziri va Efiopiya TIV rahbari o‘rinbosari qatnashdi.
Japarov: RF Britaniyaning Qirg‘iziston bankiga qarshi kiritgan sanksiyalaridan jabr ko‘rmaydi