TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini (YeOII) Katta Yevrosiyo hamkorligining asosiy o‘zagi, deya ma’lum qildi Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) prezidenti Aleksandr Shoxin.
U Sharqiy iqtisodiy forum doirasida o‘tkazilgan "Katta Yevrosiyo hamkorligi: qit’ani rivojlantirishning yangi paradigmalari" sessiyasida ma’ruza qildi.
"Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan juda samarali hamkorlik aloqalarimiz mavjud va biz Rossiya tadbirkorlari hamda erkin savdo shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan mamlakatlar tadbirkorlari o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini ta’minlash bo‘yicha ishlarga faol ravishda jalb etilmoqdamiz", – deydi Shoxin.
Katta Yevrosiyo hamkorligi mavzusi yuzasidan mulohaza qilish jarayonida, RSTI prezidenti yondashuvlarning rivojlanish bosqichlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"2015 yilda biz "Lissabondan Vladivostokkacha cho‘zilgan Yevroosiyo hamkorligi" so‘z birikmasini tez-tez tilga olardik. Keyinchalik Vladivostok yetarli emas degan xulosaga keldik: kamida Singapurgacha bo‘lishi kerak edi. Hozir esa bu o‘lchovning janub tomonga ham kengayishi zarurligi kundek ravshan bo‘lib turibdi," deya qayd etdi u.
Eslatib o‘tamiz, X Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) joriy yilning 3-sentabridan 6-sentabrigacha Vladivostokda "Uzoq Sharq – tinchlik va farovonlik uchun hamkorlik" shiori ostida o‘tkazildi.