TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida umumiy qiymati 32 million dollar bo‘lgan ikki yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Bu borada Xitoyning “Sany” kompaniyasi delegatsiyasi, tuman hokimligi va “Korona Grand” MChJ kelishuvga erishdi.
Loyihalardan biri qiymati 20 million dollar bo‘lib, 100 ta elektr yuk avtomobili olib kelish va ularni quvvatlash uchun quyosh panellari hamda maxsus stansiyalar qurishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi loyiha esa 12 million dollarlik qurilish mahsulotlari zavodini tashkil etishdan iborat.
2025 yil oxiriga qadar ishga tushirilishi kutilgan ushbu loyihalar orqali 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Kitayskaya kompaniya realizuyet proyekti na summu 32 milliona dollarov
© Press-slujba xokimiyata Kashkadarinskoy oblasti
Ma’lumot uchun, “Sany” kompaniyasi hozirgi kunda qurilish texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi brendlaridan biri hisoblanadi.