Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp tez orada Putin bilan muloqot qilishini ma’lum qildi

AQSh va Rossiya yetakchilari avgustda Alyaskada shaxsan uchrashishgandi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen – Sputnik.AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha kun ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Amerika yetakchisi Vashington yaqinidagi Endrus harbiy bazasida jurnalistlarning tegishli savoliga javob berdi.
“Juda tez orada. Yaqin bir necha kun ichida”, - dedi Tramp.
U 4 senyabr kuni ham yaqin orada rossiyalik hamkasbi bilan suhbatlashinini aytgandi.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi.